«o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pora» tegli maqolalar


Sirdaryo va Buxoroda institut diplomini olib berish va texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar aniqlandi
20 sentabr 2022, 17:16

Sirdaryo va Buxoroda institut diplomini olib berish va texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar aniqlandi

Sirdaryoda ikki shaxs fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Irrigatsiya institutining Qarshi filialini tugatganlik to‘g‘risida diplom olib berishiga ishontirgan. Buxoroda ham turizm va madaniy meros texnikumiga o‘qishga kiritish evaziga fuqarolardan pul olgan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

DXX Zangiota tuman hokimligi xodimini hibsga oldi
31 avgust 2022, 13:47

DXX Zangiota tuman hokimligi xodimini hibsga oldi

Zangiota tuman hokimligi xodimi ikki fuqaroni Qirg‘izistonda o‘qiyotgani haqidagi soxta hujjat tayyorlab, keyin o‘qishini poytaxtdagi OTMga ko‘chirib berishiga ishontirgani aytilmoqda. DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi 18 ming dollarni olganida ushlandi. Shunga o‘xshash yana ikki holat aniqlandi.

Guliston universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18 avgust 2022, 14:46

Guliston universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Sirdaryoning Sardoba tumanida fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida $10 ming evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Buxoroda esa ikki fuqaroning tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritish maqsadida $400 olgani aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Andijon va Farg‘onada pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar ushlandi
22 iyul 2022, 10:45

Andijon va Farg‘onada pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar ushlandi

Andijonda ikki fuqaroni Andijon davlat universitetiga tanishlari orqali kiritib qo‘yish evaziga 11 ming dollarni olganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga tushdi. Bag‘dodda esa fuqaroni 500 dollar evaziga Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxs ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qarshi davlat universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14 iyun 2022, 13:40

Qarshi davlat universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ikki nafar abituriyentni Qarshi davlat universitetiga 10 ming dollar evaziga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushbu pullarni olganida qo‘lga tushdi. Surxondaryoda esa Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari 5 mln so‘m evaziga o‘qishga qabul qilishini aytib, 100 dollar olganida ushlandi.

Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘yishga va’da bergan shaxslar ushlandi
19 iyul 2021, 19:01

Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo‘yishga va’da bergan shaxslar ushlandi

Departament va DXX xodimlari 4200 va 7000 dollar evaziga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan agrar agrar universiteti sport murabbiyi va jismoniy tarbiya universiteti stajyor-o‘qituvchisini qo‘lga oldi.

Chirchiq pedinstituti o‘qituvchisi OTMga kiritib qo‘yish uchun $6000 olayotganda ushlandi
21 iyun 2021, 17:07

Chirchiq pedinstituti o‘qituvchisi OTMga kiritib qo‘yish uchun $6000 olayotganda ushlandi

Toshkentda Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi ikki fuqarodan ushbu OTM yoki ToshDPUga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib, 6000 dollar olayotganda ushlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting